Barcha yangiliklar
#Deputat_nazarati
Gallery image 168628
Gallery image 168629
Gallery image 168630
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
24 Iyun 2026
16:18

#Deputat_nazarati

✅O‘rganishlar davomida aholi, ayniqsa bolalar va yoshlar uchun mo‘ljallangan sport maydonchalari, 7-sonli umumta’lim maktabining sport zali hamda  sport anjomlarining mavjudligi va texnik holati ko‘zdan kechirildi.

✅Aniqlanishicha, ayrim sport zali va sport anjomlari bugungi talab darajasida emas. Xususan, ayrim jihozlarning eskirgani, ta’mirtalab holga kelgani hamda sport mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish uchun zarur inventarlarning yetishmasligi kuzatildi.

✅Mazkur holatlar yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish imkoniyatlarini cheklamoqda. 

✅Deputat tomonidan aniqlangan muammolar tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha masalalar nazoratga olindi.