Barcha yangiliklar



KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
24 Iyun 2026
15:50
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zosi Mashhurbek Davlatov tuman politexnikumida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida yoshlarning bugungi kundagi muammolari, kelajak rejalari, kasbiy rivojlanishi va bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini bildirib, ishga joylashish, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish hamda kelgusidagi imkoniyatlar yuzasidan taklif va fikrlarini bayon etdilar.
🤝 Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan doimiy aloqani mustahkamlash va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.