Barcha yangiliklar
🔰Xonadonbay o‘rganishlar.
Gallery image 168441
Gallery image 168442
Gallery image 168443
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
24 Iyun 2026
14:55

🔰Xonadonbay o‘rganishlar.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati N.Xosilmurodov “Do‘stlik” MFYda istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan, kambag‘al oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari va kundalik muammolarini bevosita uyma-uy yurib joyida o‘rgandi. 

🔸Suhbat davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qator murojaat hamda takliflarni ilgari surishdi. 

🔸Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar deputatlik nazoratiga olindi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.