Barcha yangiliklar
Hududdagi muammolar o‘rganildi
Gallery image 168354
Gallery image 168355
Gallery image 168356
Gallery image 168357
Gallery image 168358
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
17 Iyun 2026
13:05

Hududdagi muammolar o‘rganildi

Hududdagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Shafoatova tomonidan Yangihayot mahalla fuqarolar yig‘inida soliq so‘rovnomasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Shuningdek, hududdagi ichki kanallarning holati, aholini suv bilan ta’minlash darajasi hamda fuqarolarning yerlari uchun keladigan suv oqimi qay darajada ekanligi, yaratilgan sharoitlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, masalalarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish yuzasidan takliflar bildirildi.

Deputat tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha ishlarni davom ettirish lozimligi ta’kidlandi. O‘rganish natijalari yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar kiritilishi belgilandi.