Barcha yangiliklar
Murojaatga yechim — aholi roziligiga qadam
Gallery image 168319
Gallery image 168320
Gallery image 168321
Gallery image 168322
Gallery image 168323
Gallery image 168324
Gallery image 168325
Gallery image 168326
Gallery image 168327
Gallery image 168328
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
17 Iyun 2026
12:57

Murojaatga yechim — aholi roziligiga qadam

Murojaatga yechim — aholi roziligiga qadam

Termiz tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Tuman hokimi Shuxrat Qalandarov "Qoraxon" mahallasida o‘tkazilgan qabulda fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Unda hududdan saylangan deputat G.Baxramova ham ishtirok etdi.

Qabul davomida aholining ijtimoiy, kommunal, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi. Ayrim masalalar shu joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Ta’kidlanganidek, aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlarini eshitish va muammolarga o‘z vaqtida yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.