Barcha yangiliklar
Fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
Gallery image 168240
Gallery image 168241
Gallery image 168242
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
23 Iyun 2026
00:00

Fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

2026-yil 17-iyun kuni Andijon shahar hokimligi tasarrufidagi oilaviy yotoqxonalarda o‘rganish ishlari olib borilgan edi.

Andijon shahar “Bunyodkor” MFY hududida joylashgan 39-A oilaviy yotoqxona o‘rganilganida, yotoqxonaning yer to‘la qismida oqova va suv tarmog‘ida nosozliklar yuzaga kelayotgani ushbu yotoqxonada yashovchi fuqarolar tomonidan bildirilgan edi.

Mazkur nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar jalb etilib, hozirda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Fuqarolarning murojaatlari e’tiborda, muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.