Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 168207
Gallery image 168208
Gallery image 168209
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
24 Iyun 2026
12:11

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati hamda Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash, huquqiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Ruslan Yerniyazov “Avayxon” mahallasida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirlayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqdi. 

“Avayxon” mahallasi profilaktika inspektori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar berildi. 

Shuningdek, deputat qabuliga kelgan fuqarolarning murojaatlari atroflicha tinglanib, ularni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan aniq va amaliy tavsiyalar berildi.