Barcha yangiliklar
Payshanba — “Yoshlar kuni” doirasida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi!
Gallery image 168195
Gallery image 168196
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
18 Iyun 2026
00:00

Payshanba — “Yoshlar kuni” doirasida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi!

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati G. Ismailova Axborot-kutubxona markazida kitobxon yoshlar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida bugungi kunda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani, yoshlar o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, yoshlarning kutubxonada dars tayyorlashlari, axborot resurslaridan samarali foydalanishlari, madaniy hordiq chiqarishlari uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan ularning fikr va takliflari o‘rganildi.

Kitobxon yoshlar o‘z tashabbuslari va innovatsion g‘oyalarini bildirib, kitobxonlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarini yozma ravishda taqdim etishga kelishib olindi.

Bunday samimiy uchrashuvlar yoshlarning intellektual salohiyatini oshiradi.