Barcha yangiliklar
Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.
Gallery image 168133
Gallery image 168134
Gallery image 168135
Gallery image 168136
Gallery image 168137
Gallery image 168138
Gallery image 168139
Gallery image 168140
Gallery image 168141
Gallery image 168142
Gallery image 168143
Gallery image 168144
Gallery image 168145
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
23 Iyun 2026
11:39

Hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "24-Irg‘oli" saylov okrugi deputati Y.Boyyigitov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov hamda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi D.Xamraqulovlar tomonidan "Qaxat" mahalla fuqarolar yig‘inida Bag‘dod tumanini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarining amalga oshirilish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan hamda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholiga sifatli xizmatlar ko‘rsatishga xizmat qiladigan loyihalar ko‘zdan kechirildi. Jumladan:
🔹 Jo‘raxonov Abbosxon Valixon o‘g‘li tomonidan qurilish materiallari savdo faoliyatini tashkil etish;
🔹 Ochildinov Raxmatillo Yaqubjon o‘g‘li tomonidan umumiy ovqatlanish markazini tashkil etish kabi loyihalar bilan tanishildi.

O‘rganish jarayonida loyihalarning amalga oshirilish holati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda ularning aholi bandligini ta’minlash va xizmatlar ko‘lamini kengaytirishdagi ahamiyati yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅ Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish, loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.