Barcha yangiliklar
Chamanzor suv uzatish inshootidagi mavjud kamchiliklar o‘rganildi
Gallery image 168118
Gallery image 168119
Gallery image 168120
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
24 Iyun 2026
11:34

Chamanzor suv uzatish inshootidagi mavjud kamchiliklar o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova hamda 3-Navbahor saylov okrugi deputati Sh.Mirzayev o‘z saylov okrugi hududidagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida Chamanzor suv uzatish inshootida bo‘ldilar.

O‘rganish davomida suv uzatish inshooti dambasi ustki qismi bugungi kunda ta’mirtalab holatga kelib qolgani, ayrim joylari xavfsizlik va foydalanish talablariga to‘liq javob bermasligi aniqlandi. Mazkur holatni bartaraf etish hamda inshootning uzoq muddat va xavfsiz foydalanilishini ta’minlash maqsadida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Ta’kidlanganidek, aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda hududdagi infratuzilma obyektlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan ishlar deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olinadi.