Barcha yangiliklar
Deputat so‘rovi yuborildi
Gallery image 168084
Gallery image 168085
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
16 Iyun 2026
00:00

Deputat so‘rovi yuborildi

 2026-yil 16-iyun kuni Andijon shahar “Sanoat” MFYda aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari o‘rganildi.

Uchrashuv davomida aholi tomonidan hududda joylashgan ko‘chadagi eskirgan simyog‘ochlarni yangi beton simyog‘ochlarga almashtirish hamda ularga ulangan elektr simlarini tartibga keltirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.

Mazkur murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, masalani ijobiy hal etish maqsadida Andijon shahar Elektr ta’minoti Bobur bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.

Shuningdek, ko‘rsatilgan masala yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijasi bo‘yicha belgilangan 10 kunlik muddatda yozma axborot taqdim etilishi so‘raldi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.