Barcha yangiliklar
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Gallery image 167994
Gallery image 167996
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
11 Iyun 2026
00:00

Payshanba — Yoshlar kuni doirasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari A.Appaqov, D.Qurbonova va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O.Olimjonovlar tomonidan Andijon shahar Pedagogika texnikumida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari, ta’lim, bandlik, zamonaviy kasblarni egallash hamda kelajak rejalari haqida suhbat olib borildi.

Yoshlarning fikr va mulohazalari tinglanib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni birgalikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarni ilm-fan, IT, xorijiy tillar, sport va kitobxonlikka keng jalb etish yuzasidan muhim fikrlar bildirildi.

Yoshlar — jamiyatning eng katta kuchi va kelajak bunyodkorlaridir!