Barcha yangiliklar
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 167963
MAXMUDOV SORDOR ASHUROVICH
24 Iyun 2026
10:33

Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov hamda tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, obodonlashtirish ishlari, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mutasaddilar mahalla raisi tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, belgilangan vazifalar ijrosi hamda aholi bilan muloqotlarni tashkil etish holati bilan tanishib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berdilar.