Barcha yangiliklar
Yoshlar maslahat guruhi a’zolari dasturlar ijrosini o‘rganishda ishtirok etmoqda
Gallery image 167891
Gallery image 167892
Gallery image 167893
Gallery image 167894
MAXMUDOV SORDOR ASHUROVICH
24 Iyun 2026
10:18

Yoshlar maslahat guruhi a’zolari dasturlar ijrosini o‘rganishda ishtirok etmoqda

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Gʻulomjon Jonzoqov Vazirlar Mahkamasining 665-sonli qarori ijrosi doirasida Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inining Bolg‘oli qishlog‘ida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar. O‘rganish jarayonida hududdagi ichki yo‘llarning ta’mirlanish holati, qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining bunday o‘rganishlarda ishtirok etishi davlat dasturlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, yoshlarning fuqarolik pozisiyasini mustahkamlash hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlarida ularning faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilmoqda.