Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 3-Samad Raximov saylov okrugi deputati R.Xamrayev
Gallery image 167849
Gallery image 167851
Gallery image 167853
Gallery image 167854
Gallery image 167855
Gallery image 167856
SALIMOV DAVLATBEK XAKIMJON O‘G‘LI
11 Iyun 2026
10:13

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 3-Samad Raximov saylov okrugi deputati R.Xamrayev

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 3-Samad Raximov saylov okrugi deputati R.Xamrayev tomonidan ijtimoiy xodim Boxodir Yuldashev bilan hamkorlikda PQ–196-sonli qaror ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida, avvalo, operatsiyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularning salomatlik holatini o‘rganish hamda ko‘rsatilishi rejalashtirilayotgan jarrohlik amaliyotlari va tibbiy muolajalar yuzasidan atroflicha suhbatlashildi.

Shuningdek, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam asosida operatsiya muolajasini olgan hamda ayni paytda operatsiyadan keyingi tiklanish davrini o‘tayotgan fuqaro Djurayeva Aziza holidan xabar olinib, uning salomatligi, yaratilgan sharoitlar va keyingi reabilitatsiya jarayonlari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

🔹 Operatsiyaga ehtiyoji mavjud fuqarolarni aniqlash;
🔹 Tibbiy yordamga muhtoj aholiga manzilli ko‘mak ko‘rsatish;
🔹 Fuqarolar salomatligini tiklashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Inson qadri, salomatligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlash — jamiyat taraqqiyotining muhim mezonlaridan biridir.