Barcha yangiliklar
📘 YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI IJROSI O‘RGANILDI
Gallery image 167763
Gallery image 167764
Gallery image 167765
Gallery image 167766
Gallery image 167767
Gallery image 167768
Gallery image 167769
Gallery image 167770
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
24 Iyun 2026
09:44

📘 YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI IJROSI O‘RGANILDI

👥 O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–406) ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qoshidagi Yoshlar maslahat guruhi raisi O.Rohimov, maslahat guruhi a’zosi J.Saparbayev hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Yoshlar markazida uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
🏢 Uchrashuv davomida markazda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, 🇰🇷 koreys tili bo‘yicha tashkil etilgan ta’lim jarayoni hamda mashg‘ulotlarning samaradorligi o‘rganildi.
📚 Shuningdek, markaz kutubxonasidagi kitob fondi, mavjud adabiyotlar va ulardan yoshlarning foydalanish holati bilan yaqindan tanishildi.
💬 Tadbir davomida yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
✅ Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va zamonaviy bilimlarni egallashiga ko‘maklashishga qaratilgan bunday uchrashuvlar kelgusida ham davom ettiriladi.