Barcha yangiliklar
Deputat hududdagi muammolarni o‘rganib, amaliy yechimlar izlamoqda
Gallery image 167745
Gallery image 167746
Gallery image 167747
Gallery image 167748
Gallery image 167749
Gallery image 167750
Gallery image 167751
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
23 Iyun 2026
09:39

Deputat hududdagi muammolarni o‘rganib, amaliy yechimlar izlamoqda

Deputat hududdagi muammolarni o‘rganib, amaliy yechimlar izlamoqda

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 9-“Vatanparvar” saylov okrugi deputati F. Xonkeldiyeva tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar hamda hududni o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganishlar navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti yuzasidan tashkil etildi.

📍 O‘rganish davomida mahalla hududlaridagi:
— ariqlarning sanitariya holati;
— ko‘chalarning obodonlik va gigiyenik holati;
— aholi uchun muhim bo‘lgan boshqa masalalar o‘rganildi.

👍 Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirilib, ular navbatdagi sessiya kun tartibida muhokama qilinishi hamda mas’ullar oldiga aniq vazifalar qo‘yilishi ta’kidlandi.

✍️ Deputatlik nazorati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholi salomatligini ta’minlash, hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.