Barcha yangiliklar
Pastdarg‘om tumanidagi mahallalar chegaralari belgilandi
Gallery image 167723
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
23 Iyun 2026
09:35

Pastdarg‘om tumanidagi mahallalar chegaralari belgilandi

Pastdarg‘om tumanidagi mahallalar chegaralari belgilandi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yig‘ilishida hududlarni tartibga solish va mahalla infratuzilmasini samarali boshqarishni ta’minlashga qaratilgan masala ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.

👍 Mazkur qaror bilan Pastdarg‘om tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining hududiy chegaralari belgilandi. Jumladan, mahallalarning chegaralari belgilangan tartibda tasdiqlanib, ularning hududiy tavsiflari qarorga ilova qilindi.
🏘 Mahalla hududlarining aniq belgilanishi:
✅ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish;
✅ hududiy masalalarni samarali hal etish;
✅ davlat xizmatlarini aholiga yanada qulay yetkazish;
✅ mahallalar faoliyatini aniq rejalashtirish imkonini beradi.

✅ Viloyat Kengashi tomonidan qabul qilingan ushbu qaror hududlarni tartibga solish, mahallalarni rivojlantirish va aholi manfaatlariga xizmat qiladigan boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.