Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
Gallery image 167692
Gallery image 167693
Gallery image 167694
Gallery image 167695
Gallery image 167696
Gallery image 167697
Gallery image 167698
Gallery image 167699
Gallery image 167700
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
22 Iyun 2026
09:22

Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi.

➡️Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati xodimlari Bulung'ur tuman Kengashida savolnoma asosida o'rganish o'tkazishdi.

💠 Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi faoliyati, deputatlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda Kengash binosining holati o‘rganildi.

♾O‘rganish jarayonida viloyat Kegnashi kotibiyati xodimlari tomonidan tuman Kengashi binosining minimal talablar asosida jihozlanishiga, bino peshtoqiga reklama bannerlari qo'yilishiga, Kengash sessiyalari o'tkazilishi uchun yaratilgan sharoitlarga, sessiya hujjatlariga, sessiya qarorlarining qonuniyligiga, qarorlarning tag-osti hujjatlari mavjudligiga, doimiy komissiyalarning qaror, bayonlari yuritilishiga, deputatlik so'rovlari ijrosi hamda deputatlar hujjatlari saqlanishini ko'zdan kechirishdi.

🔘O'rganish yakunida, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi va o'rganish natijalari haftalik tahliliy yig'ilishda tahlil etilishi belgilandi.

🏛 Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish, deputatlar uchun qulay ish muhitini yaratish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.