Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari a’zolari uchun seminar o‘tkazildi.
Gallery image 19125
Gallery image 19126
Gallery image 19127
Gallery image 19128
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
29 Noy 2024
18:04

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari a’zolari uchun seminar o‘tkazildi.

 Joriy yilning 29-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining Fan,
ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi majlisi videokonferensaloqa
shaklida o‘tkazildi. Majlisda Surxondaryo viloyat studiyasidan xalq deputatlari
viloyat shahar Kengashidagi doimiy komissiya a’zolari, xalq deputatlari viloyat
shahar Kengashlari kotibiyat mudirlari ishtirok etishdi. 

  

Seminar doirasida Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent
shahar va tuman (shahar)lar Kengashlarining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash
masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari uchun ishlab chiqilgan amaliy
Qo‘llanmasi muhokama etildi.