Barcha yangiliklar
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala dastlabki tarzda o'rganildi
Gallery image 167657
Gallery image 167658
Gallery image 167659
Gallery image 167661
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
23 Iyun 2026
00:00

Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala dastlabki tarzda o'rganildi

Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala dastlabki tarzda o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Marajabov tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar dastlabki tarzda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida sohadagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, erishilayotgan natijalar hamda bu boradagi muammolar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi hamda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

O‘rganish natijalari yuzasidan masala tegishli tartibda davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram