Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 19121
Gallery image 19122
Gallery image 19123
Gallery image 19124
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
29 Noy 2024
17:35

Saylovchilar bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari X.Abdimo'minov 1-“Bandixon” saylov okrugida, mahalla faollari bilan mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat aholi bilan suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi. Fuqarolar tomonidan asosan uy-joy, moddiy yordam, kontrakt, kredit olish, ishga joylashish, sog‘likni tiklash, kommunal sohalarda va boshqa masalalardagi murojaatlar aytib o’tildi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar hamda fuqarolar tomonidan berilgan taklif lar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib olinib, fuqarolar murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi ta'kidlandi.