Barcha yangiliklar
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida bolalar oromgohida o‘rganish o‘tkazildi
Gallery image 167577
Gallery image 167578
Gallery image 167579
Gallery image 167580
Gallery image 167581
Gallery image 167582
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
23 Iyun 2026
21:08

“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida bolalar oromgohida o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan shahar Kengashi deputatlari tomonidan “Qo‘qon” bolalar oromgohida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputatlar oromgoh hududidagi mavjud shart-sharoitlar, bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi va dam olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, yotoqxona binolari, ovqatlanish sharoitlari, sport maydonchalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish imkoniyatlari hamda bolalarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan choralar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, oromgohda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport, ijodiy va ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yaratilgan infratuzilma holati o‘rganildi.

Deputatlar tomonidan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yozgi mavsum davomida dam oluvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi