Barcha yangiliklar
ISH REJA – AMALIY NATIJA
Gallery image 167494
Gallery image 167495
Gallery image 167496
Gallery image 167497
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
11 Iyun 2026
00:00

ISH REJA – AMALIY NATIJA

Ish rejaga muvofiq, Andijon shahar “Sog‘lom avlod ” MFYdagi 37-sonli maktabgacha ta‘lim tashkilotini mukammal ta‘mirlash ishlarini o‘rganish belgilangan edi.

Belgilangan rejaga muvofiq, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A.Appaqov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O.Olimjonovlar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda, ushbu maktabgacha ta‘lim tashkilotida buyurtmachi etib “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi belgilanganligi, “Andijon-SL” tashkiloti tomonidan loyiha ishlab chiqilib, ushbu loyiha asosida “Monolit Stroy Lyuks” MChJ tomonidan qurilish ishlari olib borilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mukammal ta‘mirlash ishlarini belgilangan loyiha asosida amalga oshirish hamda belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.