Barcha yangiliklar
🌟 Yoshlar bilan ishlash samaradorligi — deputatlar e’tiborida
Gallery image 167415
Gallery image 167416
Gallery image 167417
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
19 Iyun 2026
00:00

🌟 Yoshlar bilan ishlash samaradorligi — deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Z. Esirgapova, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat D. Saidovalar Nayman mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi bilan tanishdi.

Tashrif davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ta’lim, kasb-hunar, sport va tadbirkorlikka jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, yoshlar bilan ishlash tizimining natijadorligi hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

✨ Yoshlar — kelajagimiz bunyodkorlari!
🤝 Ularning rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan har bir tashabbus e’tiborda!