Barcha yangiliklar
📍 Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 167395
Gallery image 167396
Gallery image 167397
Gallery image 167398
Gallery image 167399
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
18 Iyun 2026
00:00

📍 Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Mening bog‘im” loyihasini amalga oshirish jarayonlari muhokama qilinib, mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Muhokamalar davomida loyihaning maqsad va vazifalari, hududlarda bog‘dorchilikni rivojlantirish, yashil maydonlarni kengaytirish hamda ekologik muhitni yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi.
🌱 “Mening bog‘im” — yashil kelajak sari muhim qadam!
Mazkur loyiha orqali hududlarimiz yanada obod, ekologik muhit esa yanada musaffo bo‘lishiga xizmat qilmoqda.