Barcha yangiliklar
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
Gallery image 167380
Gallery image 167381
Gallery image 167382
Gallery image 167383
Gallery image 167384
PIRMATOV NURILLO RAXIMJONOVICH
23 Iyun 2026
18:51

Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi

💬 Yig‘ilishda mahalliy Kengash kotibiyatlarining o‘tgan haftadagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, ayrim yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va mavjud muammolar muhokama etildi.

📌 Shuningdek, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining navbatdagi sessiyalari oldidan o‘tkaziladigan o‘rganishlarni sifatli tashkil etish, kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganishlar olib borish hamda aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗓 Kotibiyatlarning navbatdagi haftadagi faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlar hamda “Mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

🔼 Yig‘ilish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, sessiya oldi o‘rganishlari sifatini oshirish hamda Kengashlar faoliyati samaradorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.