Barcha yangiliklar
Sport – sog‘lom avlod garovi!
Gallery image 167366
Gallery image 167367
Gallery image 167368
Gallery image 167369
Gallery image 167370
Gallery image 167371
Gallery image 167372
SALIMOV DAVLATBEK XAKIMJON O‘G‘LI
09 Iyun 2026
18:46

Sport – sog‘lom avlod garovi!

Sport – sog‘lom avlod garovi!

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugi deputati N.Xakimov tomonidan hududdagi Sport maktabi faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sport inshootlari va sport zallari holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida sport bilan shug‘ullanayotgan yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, sport zallarining jihozlanish darajasi, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi hamda mavjud infratuzilma holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yosh avlodni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sport inshootlaridan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Yoshlar salomatligi, jismoniy chiniqishi va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish — kelajak poydevorini mustahkamlash demakdir.