Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 167279
Gallery image 167280
Gallery image 167281
Gallery image 167282
Gallery image 167283
Gallery image 167284
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
23 Iyun 2026
18:35

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Parklar, xiyobonlar va bog‘lar holatini o‘rganish ishlari davomida deputatlar Boyovut tumani “Navro‘z” mahallasida joylashgan istirohat bog‘ida bo‘lishdi.
Tashrif davomida hududda bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy o‘yin maydonchalari hamda aholi dam olishi uchun tashkil etilgan infratuzilma bilan yaqindan tanishildi.

Mahalla aholisi bilan o‘tkazilgan muloqotlarda fuqarolar mazkur istirohat bog‘ining barpo etilgani hududdagi bolalar uchun qulay va xavfsiz hordiq maskaniga aylanganini, shuningdek, kattalar uchun ham bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlarini yaratganini alohida ta’kidladilar.

Aholining bildirishicha, bog‘ hududida kechki paytlarda yoritish tizimi muntazam ishlashi natijasida fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratilgan. Bu esa mahalla ahlining, ayniqsa, oilalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishiga xizmat qilmoqda.

O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, istirohat bog‘ining jozibadorligini oshirish hamda aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.