Barcha yangiliklar
4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugidan saylangan deputati N.Xakimov tomonidan “Qoriravot” mahallasida
Gallery image 167239
Gallery image 167240
Gallery image 167241
Gallery image 167242
Gallery image 167243
SALIMOV DAVLATBEK XAKIMJON O‘G‘LI
05 Iyun 2026
18:28

4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugidan saylangan deputati N.Xakimov tomonidan “Qoriravot” mahallasida

 Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugidan saylangan deputati N.Xakimov tomonidan “Qoriravot” mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish, oilaviy masalalarda amaliy ko‘mak berish hamda xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot va profilaktik ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlarning murojaatlari, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Mahallalarda xotin-qizlar bilan tizimli ishlash, ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.