Barcha yangiliklar
Mahallalarda o‘rganish ishlari davom etmoqda!
Gallery image 167034
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
12 May 2026
00:00

Mahallalarda o‘rganish ishlari davom etmoqda!

 2026 yil 12 may kuni xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O.Olimjonovlar Andijon shahridagi “Andijon” MFYda bo‘lishdi.

O‘rganish davomida:
aholini tadbirkorlikka jalb qilish,
bandligini ta’minlash,
mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Rejaga ko‘ra quyidagi ko‘chalarda asfaltlashtirish ishlari amalga oshiriladi:

Yu.Rajabiy ko‘chasi:
6-ko‘cha — 500 metr
7-ko‘cha — 183 metr

M.Xasanova ko‘chasi:
8-ko‘cha — 204 metr
9-ko‘cha — 356 metr
10-ko‘cha — 101 metr

Rohat ko‘chasi:
11-ko‘cha — 245 metr
12-ko‘cha — 648 metr

Mahallalarda aholi uchun qulay infratuzilma yaratish, muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish ishlari doimiy deputatlik nazoratida olib borilmoqda.

Obod mahalla — farovon hayot garovi!