Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi tomonidan murojaat o‘rganib chiqildi
Gallery image 167025
Gallery image 167026
Gallery image 167027
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
12 May 2026
00:00

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi tomonidan murojaat o‘rganib chiqildi

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Olimjonov, “Ozodlik” MFY raisi N.Asqarov hamda murojaat muallifi P.Tursunova ishtirokida murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.

Murojaatda mahalla hududida foydalanilmasdan bo‘sh turgan binoni mahalla balansiga o‘tkazish hamda uni mahalla idorasi sifatida foydalanish uchun amaliy yordam so‘ralgan.

O‘rganish jarayonida mazkur bino hozirda Ichki ishlar organlari balansida ekanligi sababli, ularning yozma roziligi asosida hamda shahar hokimligi bilan kelishilgan holda balansdan balansga o‘tkazish masalasi amaldagi qonunchilik tartibida ko‘rib chiqilishi yuzasidan tushuntirish berildi.

Shuningdek, masalani ko‘rib chiqish yuzasidan Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi hamda Andijon shahar hokimligiga aloqa xati kiritilishi belgilandi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va qonuniy yechim topish ishlari davom etmoqda.