Barcha yangiliklar
Andijon pedagogika texnikumida deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.
Gallery image 167009
Gallery image 167010
Gallery image 167011
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
09 May 2026
00:00

Andijon pedagogika texnikumida deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Texnikumning faol, iqtidorli hamda lider o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda manfaatli StartUp loyihalari, ularning turlari va amalda tadbiq etish usullari haqida atroflicha suhbatlashildi.

Shuningdek, 5-may — Kasb va mehnat kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Kasblar festivali” taassurotlari bilan o‘rtoqlashildi.

Uchrashuv davomida “Kasblar festivali”da minglab yoshlar qatnashgani, yuzlab yoshlar kelajakdagi kasbini tanlash bo‘yicha psixologik testlardan o‘tgani alohida ta’kidlandi. Bundan tashqari, xorijiy tashkilotlar loyihalari taqdimoti, yirik tadbirkorlarning StartUp egasi bo‘lgan yoshlar bilan ochiq muloqoti hamda “Kasb va mehnat kuni” xalqaro ish yarmarkasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini rag‘batlantirish — kelajak taraqqotining muhim omilidir.