Barcha yangiliklar
Mahalliy Kengashlar faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda sarhisob qilindi
Gallery image 166985
Gallery image 166986
Gallery image 166987
Gallery image 166988
Gallery image 166989
Gallery image 166990
Gallery image 166991
Gallery image 166992
Gallery image 166993
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
09 Iyun 2026
17:40

Mahalliy Kengashlar faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda sarhisob qilindi

 Mahalliy Kengashlar faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda sarhisob qilindi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashida senator B. Abdullayev ishtirokida mahalliy Kengashlarning joriy davrdagi faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig'ilishni viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov ochib berdi.

✍️Yig‘ilish davomida viloyatdagi mahalliy Kengashlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, erishilgan natijalar bilan bir qatorda mavjud kamchilik va muammolar ham muhokama qilindi.
Senator B. Abdullayev Kengashlar faoliyatida deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda hududlarni rivojlantirishga qaratilgan qarorlar ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

👍Ta’kidlanganidek, mahalliy Kengashlarning asosiy vazifasi – aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlardagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan samarali parlament nazoratini amalga oshirishdan iborat.

➡️Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish hamda Kengashlar ishini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.