Barcha yangiliklar
“Nayzaqayrog‘och” MFY, Chilonzor ko‘chasi aholisi murojaati asosida deputat so‘rovi yuborildi.
Gallery image 166966
Gallery image 166967
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
08 May 2026
00:00

“Nayzaqayrog‘och” MFY, Chilonzor ko‘chasi aholisi murojaati asosida deputat so‘rovi yuborildi.

Aholining murojaatida kuz-qish mavsumida elektr energiyasida uzilishlar ko‘payayotgani bildirildi. Mavjud 563-sonli TPga yuklama yuqori bo‘lgani sababli muammolar yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, ko‘chada beton ustunlar yo‘qligi sabab elektr simlari uylar tomidan o‘tkazilgan bo‘lib, bu xavfsizlikka salbiy ta’sir qilmoqda.

Aholi tabiiy gazdan uzilganligi sababli asosan elektr energiyasidan foydalanmoqda.

Shu munosabat bilan mas’ullardan:
qo‘shimcha TP o‘rnatish,
beton tayanch ustunlari qurish,
ishlar qachon yakunlanishi haqida ma’lumot berish so‘raldi.