Barcha yangiliklar





OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
06 May 2026
00:00
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva hamda shahar Kengashi deputati A.Appaqov ishtirokida Andijon shahar Yangi Hayot MFYda mahalla “yettiligi” tomonidan 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.
Yig‘ilish davomida hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Mutasaddilar tomonidan mahalla tizimida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholining dolzarb muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda joylarda tizimli nazoratni kuchaytirish muhimligi alohida ta’kidlandi.