Barcha yangiliklar
Joriy yilning 28-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining Budjet va Iqtisodiy masalalar qo‘mitasining “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun loyihasining muhokamasi” mavzusi yuzasidan seminari videokonferensaloqa shaklida o‘tkazildi.
Gallery image 19030
Gallery image 19031
Gallery image 19032
Gallery image 19033
Gallery image 19034
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
28 Noy 2024
11:47

Joriy yilning 28-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining Budjet va Iqtisodiy masalalar qo‘mitasining “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun loyihasining muhokamasi” mavzusi yuzasidan seminari videokonferensaloqa shaklida o‘tkazildi.

Seminarda Surxondaryo viloyat studiyasidan xalq deputatlari viloyat shahar Kengashidagi doimiy komissiya a’zolari, xalq deputatlari viloyat shahar Kengashlari kotibiyat mudirlari ishtirok etishdi.

Seminarda 2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti hamda 2026 – 2027-yillar uchun mo‘ljallar, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognozlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy byudjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari va mahalliy byudjetlarga ajratilayotgan tartibga soluvchi transfertlar hajmlari Qonun loyihasidan o‘rin olgani aytib o‘tildi.