Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Gallery image 166822
Gallery image 166823
Gallery image 166824
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
02 Iyun 2026
17:07

Saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

💠Xalq deputatlari viloyat Kengashining 46-saylov okrugi deputati Z. Ishmuratova tomonidan Poʻlatchi mahalla fuqarolar faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, aholini qiynayotgan muammolar, yoshlar tarbiyasi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi.

➡️Mahalla faollari tomonidan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan taklif hamda mulohazalar bildirildi.
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, mahallada tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

💠Shuningdek, suhbat jarayonida mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholi muammolarini joyida hal etish hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.