Barcha yangiliklar
2024-yil 28-noyabr kuni xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari aʼzolari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.
Gallery image 19024
Gallery image 19025
Gallery image 19026
Gallery image 19027
Gallery image 19028
Gallery image 19029
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
28 Noy 2024
11:13

2024-yil 28-noyabr kuni xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari aʼzolari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda Surxondaryo viloyat studiyasidan xalq deputatlari viloyat shahar Kengashidagi doimiy komissiya a’zolari, xalq deputatlari viloyat shahar Kengashlari kotibiyat mudirlari ishtirok etishdi.

Seminarda Senat va mahalliy Kengashlar oldida turgan o‘ta dolzarb vazifalar va muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Xususan, sohaga oid qonunlarni ko‘rib chiqishda mahalliy Kengashlar deputatlarini jalb qilish hamda ularning fikrini olish, qonunlar qabul qilinishida hududlarning o‘ziga xos xususiyati va imkoniyatlarini hisobga olish zarurligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, mahalliy Kengashlar va doimiy komissiyalar faoliyatini yana-da rivojlantirish, Qo‘mita va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, mahalliy ijro hokimiyati ustidan nazoratni kuchaytirish kerakligi taʼkidlandi.