Barcha yangiliklar
👧 Bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar deputat nazoratida
Gallery image 166755
Gallery image 166754
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
23 Iyun 2026
16:43

👧 Bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar deputat nazoratida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Fotima Seydabdullayeva 9-son maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bolalarga yaratilgan sharoitlar hamda ovqatlantirish tizimi — keytering xizmatining yo‘lga qo‘yilganlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida muassasada bolalarning ta’lim-tarbiyasi, dam olishi va rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Xonalar keng, yorug‘ va sanitariya talablariga mos ekani, tarbiyachilar tomonidan bolalarning dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan mashg‘ulot va tadbirlar tashkil etilayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga, bolalar ovqatlanishi sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha mavjud masalalar muhokama qilinib, sharoitlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.