Barcha yangiliklar
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi deputatlik nazoratida
Gallery image 166743
Gallery image 166744
Gallery image 166745
Gallery image 166746
Gallery image 166747
Gallery image 166748
Gallery image 166749
Gallery image 166750
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
23 Iyun 2026
16:36

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Bahoriston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Urganjiyon oilaviy shifokorlik punktida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
➡️O‘rganish jarayonida tibbiyot muassasasida aholi murojaatlarini qabul qilish tartibi, bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, dori-darmon ta’minoti, tibbiy jihozlardan foydalanish holati hamda tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
➡️Shuningdek, tibbiyot muassasasiga tashrif buyurgan fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning tibbiy xizmatdan foydalanish bo‘yicha fikr va takliflari tinglandi. Suhbatlar davomida aholiga tibbiy xizmatlarni yanada yaxshilash, profilaktik ko‘riklarni muntazam tashkil etish hamda salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
➡️O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Aholi salomatligini muhofaza qilish, ularga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.