Barcha yangiliklar
📚 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — e’tibor markazida
Gallery image 166637
Gallery image 166638
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
23 Iyun 2026
16:14

📚 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — e’tibor markazida

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Yo‘ldoshova Oyimjon Qurvonnozarovna tomonidan saylov okrugida yoshlarning yozgi ta’til davrida vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Royat mahallasi hududida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida tashkil etilgan kutubxonaning shart-sharoitlari, mavjud adabiyotlar fondi hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan farmon va qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.