Barcha yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Gallery image 18997
Gallery image 18998
Gallery image 18999
Gallery image 19000
Gallery image 19001
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
27 Noy 2024
10:58

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Kravchenya va xalq deputatlari shahar Kengashi deputati J.Hamroqulov ishtrokida shaharning “Majnuntol” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar murojaatlari eshitildi. Saylovchilarga huquqiy maslahatlar berildi. Uchrashuv so‘nggida saylovchilar murojaatlari og‘zaki va yozma ravishda olindi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolar deputatlar tomonidan joyiga borgan holda o‘rganildi.