Barcha yangiliklar
Ishtixonda yangi aylanma yo‘l va zamonaviy ko‘prik foydalanishga topshirildi
Gallery image 166477
Gallery image 166478
Gallery image 166479
Gallery image 166480
Gallery image 166481
Gallery image 166482
Gallery image 166483
Gallery image 166484
Gallery image 166485
Gallery image 166486
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
11 Apr 2026
15:15

Ishtixonda yangi aylanma yo‘l va zamonaviy ko‘prik foydalanishga topshirildi

Ishtixonda yangi aylanma yo‘l va zamonaviy ko‘prik foydalanishga topshirildi

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida muhim infratuzilma loyihasi yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Tuman markazini Mitan shaharchasi bilan bog‘lovchi, shuningdek M-37 xalqaro avtomobil yo‘liga tutashuvchi 4 kilometr uzunlikdagi "Afrosiyob" aylanma yo‘li hamda uzunligi 73 va eni 15 metr bo‘lgan zamonaviy ko‘prik barpo etildi.

Qurilish ishlari doirasida uzunligi
3,5 km va kengligi 2 metr bo‘lgan velo va piyodalar yo‘laklari, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus moslashtirilgan yo‘laklar, 155 dona quyosh panellari asosida ishlovchi tungi yoritish chiroqlari, 2 ta zamonaviy avtobus bekati barpo etildi.
Shu bilan birga, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on va Payariq tumanlariga qatnovchi transport vositalari hamda tranzit yuklarini xavfsiz va tez yetkazish ta’minlanadi.
Tadbirda zamonaviy aylanma yo‘l va ko‘prik barpo etilishida faol ishtirok etgan quruvchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Foydalanishga topshirilgan yangi infratuzilma obyektlari hudud iqtisodiy faolligini oshirish, logistika tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Ushbu yo'l inshoatlari ochilishida viloyat hokimi hamda deputati A.Boboyev, viloyat Kengashiga ushbu okrugdan saylangan viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov hamda viloyat va tuman keng jamoatchiligi ishtirok etishdi.