Barcha yangiliklar
Jamoat transportini holati o‘rganildi.
Gallery image 166432
Gallery image 166433
Gallery image 166434
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
23 Iyun 2026
14:44

Jamoat transportini holati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari o‘zLiDeP a’zosi N.Uralova, M.Xoliqova, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov bilan birgalikda shahardagi jamoat transportini harakti o‘rganildi. Bugungi kunda Bekobod shahrida “Bekobod” bosh bekati faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu bosh bekat orqali Toshkent shahriga, shuningdek, Toshkent viloyatining tuman va shaharlariga avtobuslar orqali yo‘lovchi tashish xizmati bilan shug‘ullanab kelinmoqda. Biroq, shahar ichida jamoat transporti bo‘lgan avtobuslar harakati mavjud emas. Ushbu masala Xalq deputatlari shahar kengashining tegishliligi bo‘yicha doimiy komissiyada atroflicha muhokama etilib, jamoat transportini yo‘lga qo‘yish yuzasidan shahar hokimligiga murojaat etishga kelishib olindi.