Barcha yangiliklar
“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda...
Gallery image 18975
Gallery image 18976
Gallery image 18977
Gallery image 18978
Gallery image 18979
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
29 Noy 2024
10:09

“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda...

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati 18-Chimqo‘rg‘on saylov okrugidan saylangan J.Umarov hamda tuman hokimining qishloq xo‘jaligi va suv masalalari bo‘yicha o‘rinbosari V.Tursunovlar yashil makon loyihasi doirasida tumandagi Dehqonobod MFY hududida yashovchi 190 nafar fuqarolarga 850 dona mevali ko‘chatlar tarqatishdi.

Bundan tashqari aholiga ko‘chatlarni agrotexnik talablarga mos ravishda ekish, ularni kelgusida parvarishlash, yaʼni sug‘orish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etish uchun sohaning ilmiy va malakali mutaxassislari tushunchalar berishdi.