Barcha yangiliklar
#doimiy_komissiya
Gallery image 166366
Gallery image 166367
Gallery image 166368
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
23 Iyun 2026
11:36

#doimiy_komissiya

#doimiy_komissiya
#ekspert_guruhi
#yoshlar_maslahat_guruhi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida navbatdagi 29-sessiya kun tartibiga kiritilgan 4 ta masala dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi J. Do‘stov, Kengash kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov, kotibiyat mutaxassislari, komissiya a’zolari, Yoshlar maslahat guruhi hamda Ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdi. Shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va muassasalarning hisobdor rahbarlari axborot berib, amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud holat bo‘yicha ma’lumot taqdim etdilar.

Muhokamalar davomida masalalar har tomonlama tahlil qilinib, ishtirokchilar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Yakunda kun tartibidagi masalalarni Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi muhokamasiga kiritish yuzasidan tegishli xulosalar qabul qilindi. Doimiy komissiya tomonidan berilgan tavsiyalar masalalarning samarali ijrosini ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash