Barcha yangiliklar
Termiz tumanidagi qarovsiz yer maydonlarida tropik ko‘chatlar parvarishlanmoqda.
Gallery image 18936
Gallery image 18937
Gallery image 18938
Gallery image 18939
Gallery image 18940
Gallery image 18941
Gallery image 18942
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
28 Noy 2024
18:04

Termiz tumanidagi qarovsiz yer maydonlarida tropik ko‘chatlar parvarishlanmoqda.

Termiz tumanidagi qarovsiz yer maydonlarida tropik ko‘chatlar parvarishlanmoqda. 

Ko‘chat ekib, bog‘ yaratishdek ezgu ishlarga bosh-qosh bo‘layotgan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari, kotibiyat mutaxassislari, partiya vakillari tumandagi “Marvarid” dam olish va sog‘lomlashtirish maskanida bo‘lishdi.

Mazkur maskan hududidagi 30 sotixli bo‘sh, qarovsiz va unumsiz yer maydonida mahaliy meva va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan. Shuningdek, hududdagi 7 sotix maydonda qurilgan issiqxonda tropik mevalar va gul ko‘chatlari parvarishlanmoqda. Quvonarlisi mazkur issiqxonda yetishtirilayotgan ko‘chatlardan ilk hosillar olinmoqda.

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputati Sobit Ikromov bu sayi-harakatlar bilan chegaralanib qolmasdan, maskan hududida bundanda yirik bog‘larni barpo etishdek ezgu ishlarni boshlab yuborgan.