Barcha yangiliklar
Tarixiy meros muhofazasi: "Qirqqiz" maqbarasini obodonlashtirish loyihasi deputatlar tomonidan joyida o‘rganildi
Gallery image 166239
Gallery image 166240
Gallery image 166241
Gallery image 166242
Gallery image 166243
Gallery image 166244
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
22 Iyun 2026
23:24

Tarixiy meros muhofazasi: "Qirqqiz" maqbarasini obodonlashtirish loyihasi deputatlar tomonidan joyida o‘rganildi

Doimiy komissiya a’zolari shahar hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish loyihasini qog‘ozda emas, bevosita ob’ektga chiqqan holda o‘rgandilar.

💬 Jamg‘arma hisobidan ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar evaziga maqbaraga olib boruvchi yo‘lda ziyoratchilar va sayyohlar uchun qulay va zamonaviy piyodalar yo‘lakchasini qurish hamda obyekt atrofidagi chegaradosh hududlarni chiroyli va mustahkam devor bilan o‘rash ishlar amalga oshirilishi belgilangan.

💬Doimiy komissiya a’zolari loyihaning smeta hujjatlarini hamda qurilish ishlarini ko‘zdan kechirib, ajratilayotgan mablag‘ tarixiy obidaning asl qiyofasiga zarar yetkazmagan holda, sifatli va maqsadli sarflanishi shartligini ta’kidladilar.

🫥Shuningdek, mazkur masalani Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinishi belgilandi.