Barcha yangiliklar
Deputat mahalladagi ishlar bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini tingladi
Gallery image 166133
Gallery image 166134
Gallery image 166135
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
19 Iyun 2026
00:00

Deputat mahalladagi ishlar bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini tingladi

Deputat mahalladagi ishlar bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini tingladi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Xoʻshboqov o‘zi saylangan Bogʻiston saylov okrugidagi “Bogʻiston” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Tashrif davomida deputat mahalla faollari bilan muloqot qilib, aholini qiynayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar holatini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, mahallaga murojaat bilan kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning fikr va mulohazalari o‘rganildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram